Abstract:
Ushbu maqolada inson yuragining makro va
mikroanatomik tuzilishi, yurakning elektr
o‘tkazuvchi tizimi, gemodinamik jarayonlar va
organizm ehtiyojiga ko‘ra yuzaga keladigan
funksional moslashuv mexanizmlari keng ilmiy tahlil
qilinadi. Yurakning tuzilishi va faoliyatidagi
morfologik-fiziologik moslashuvlar jismoniy faollik,
stress, metabolik talablar va patologik holatlar
fonida qanday sharoitda o‘zgarishi ilmiy asosda
yoritiladi. Tadqiqot yurak faoliyatining homeostazni
saqlashdagi o‘rni, qon aylanish tizimining barqaror
ishlashi va yurak kasalliklarini chuqurroq tushunish
uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi