Abstract:
Bosh miya po‘stlog‘i yadrolari markaziy nerv tizimining murakkab va
funktsional jihatdan eng rivojlangan qismini tashkil etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, har bir
yadroning anatomik, molekulyar va neyrofiziologik xususiyatlari sezgi, motor, kognitiv va
emotsional jarayonlarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Sensor yadrolar sezgi
ma’lumotlarini qabul qiladi va yuqori korteksga uzatadi, motor yadrolar harakatlarni
koordinatsiyalaydi, assotsiativ yadrolar xotira va qaror qabul qilish jarayonlarini boshqaradi,
emotsional yadrolar esa hissiy javoblar va ijtimoiy xulqni modulatsiya qiladi. Molekulyar
tadqiqotlar glutamat, GABA, dopamin va serotonin neyrotransmitterlari orqali yadrolarning
faolligini tartibga solinishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, sinaptik plastiklik va neyron tarmoqlar
adaptatsiya va o‘rganishni ta’minlaydi. Ushbu ish bosh miya po‘stlog‘i yadrolarining anatomik,
funksional va klinik jihatlarini yoritadi va nevrologiya, psixiatriya hamda reabilitatsiya
sohalarida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.