Abstract:
Ushbu maqolada muskullar topografiyasi, ularning funksional guruhlari va
innervatsiya xususiyatlari tizimli tahlil qilinadi. Skelet muskullarining anatomik joylashuvi,
ularning biomexanik vazifalari hamda periferik nerv tizimi orqali boshqarilishi biofiziologik
nuqtai nazardan yoritiladi.
Har bir mushak guruhining funktsional ahamiyati, harakat aktlaridagi roli va nerv
impulslarini uzatish mexanizmlari ilmiy asosda bayon etilgan. Tadqiqot natijalari mushak-skelet
tizimi faoliyatini chuqur tushunish, klinik diagnostika va reabilitatsiya jarayonlarini
takomillashtirishga yordam beradi.