Abstract:
Rivojlangan mamlakatlarda kattalar orasida arterial gipertenziya (AH) tarqalishi 20 dan 40% gacha [3,6]. Yuqori qon bosimini adekvat nazorat qilish butun dunyoda pastligicha qolmoqda, qon bosimini nazorat qilish muammosi juda dolzarwdir [1]. Olimlar, shifokorlar va sog’liqni saqlash organlari tomonidan ko’rilgan choralarga qaramay, gipertoniya dunyodagi eng muhim tibbiy va ijtimoiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi vaqtda gipertenziya bilan og’rigan bemorlarni faolroq aniqlash va davolash, shuningdek terapiya samaradorligini oshirish zarurati mavjud [2,5].
Maqolada gipertenziya bilan og’rigan bemorlarda kasallikning xavf omillarini hisobga olgan holda terapiyaga rioya qilish tahlili ko’rib chiqilgan.