Abstract:
Ushbu ishda podagra bilan kasallangan bemorlarda buyrak zararlanishining (podagrik nefropatiya) tarqalishi va rivojlanish darajalari tahlil qilingan.
Tadqiqot davomida qon zardobidagi siydik kislotasi miqdori va koptokchalar filtratsiyasi tezligi (KFT) o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, giperurikemiya darajasining yuqoriligi va kasallik davomiyligi surunkali buyrak kasalligining (SBK) rivojlanishiga bevosita ta’sir qiluvchi asosiy omillar hisoblanadi. Bemorlarning aksariyatida buyrak faoliyatining pasayishi klinik alomatlarsiz kechishi aniqlangan, bu esa erta diagnostika va profilaktika choralarining muhimligini asoslaydi.