Abstract:
So‘nggi yillarda bolalar orasida buyrak va siydik tizimi kasalliklarining tarqalishi ortib borayotgani zamonaviy pediatriyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, dismetabolik nefropatiyalar bolalik davridayoq shakllanib, keyinchalik interstitsial nefrit, urolitiaz va surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan patologik holat sifatida alohida e’tibor talab qiladi. Ko‘pgina tadqiqotlar urolitiazning “yosharishi”, ya’ni kasallikning erta yoshlardayoq uchray boshlayotganini ko‘rsatmoqda, bu esa metabolik buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash zarurligini yanada oshiradi.