Abstract:
Mazkur maqolada arterial gipertenziya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ehtiyojlarning qondirilganlik darajasi va ularning psixologik xususiyatlari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning metodologik asosini A.Maslou tomonidan ishlab chiqilgan ehtiyojlar iyerarxiyasi nazariyasi tashkil etadi. Maqolada inson ehtiyojlari va psixoemotsional holatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik zamonaviy psixologik nazariyalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, ehtiyojlarning qondirilmaganligi psixologik zo‘riqish, stress, xavotir va depressiv holatlarning shakllanishiga olib kelishi hamda ushbu jarayonlar vegetativ va gormonal mexanizmlar orqali yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi.