Abstract:
Maqsad: kardioreanimatsiya boʻlimida oʻtkir koronar sindrom (OʻKS) bilan davolangan
bemorlarning klinik, laborator va instrumental koʻrsatkichlarini, shuningdek, kasallikning
yakuniy natijalari va prognostik omillarini kompleks tahlil qilish. Material va usullar:
tadqiqotga kardioreanimatsiya boʻlimida davolangan 20 nafar bemor kiritildi. Tadqiqot
retrospektiv kuzatuv xarakteriga ega. Bemorlarning demografik (yosh, jins), klinik (arterial
bosim, yurak urish tezligi, asoratlarining Killip boʻyicha tasnifi), yondosh kasalliklari
(arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi), laborator (lipid
spektri, troponin I, NT-proBNP, kreatinin), instrumental (EKG, ExoKG) va anamnestik maʼlumotlari (hodisalar indeksi “event burden”) oʻrganildi. Natijalar: Tadqiqotga kiritilgan
bemorlarning 70% ini ayollar, 30% ini erkaklar tashkil etdi. Arterial gipertenziya 75%
bemorlarda, qandli diabet 60% bemorlarda aniqlangan. Bo’limga o’tkir koronar sindrom bilan
qabul qilingan bemorlarning yakuniy tashxisi sifatida nostabil stenokardiya 60%, Q-tishsiz
miokard infarkti 25%, Q-tishli miokard infarkti 15% hollarda qayd etildi. Oʻpka shishi 30%
bemorlarda kuzatildi. Ogʻir asoratlar, jumladan oʻlim holatlari aniqlanmadi. Hodisalar indeksi
“event burden” koʻrsatkichi bemorlarning sezilarli qismida yuqori boʻlib, bu yurak-qon tomir
kasalliklarining uzoq davom etganligini koʻrsatdi. Xulosa: Kardioreanimatsiya boʻlimida
davolangan bemorlarda OʻKSning nisbatan yengil shakllari ustun boʻlib, ogʻir asoratlar kam
uchradi. Yondosh kasalliklar va yuqori “event burden” mavjudligi ushbu bemorlarni yuqori
xavf guruhiga kiritadi va kelgusida kasallikning ogʻirlashish ehtimolini oshiradi.