Abstract:
Poliangiitli granulematoz (PG) ANCA bilan bog‘liq tizimli vaskulit bo‘lib, ko‘pincha rinosinusit
belgilari bilan namoyon bo‘ladi va ko‘p a’zolar shikastlanishi bilan kechadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi
rinosinusitli PG bemorlarida biokimyoviy markerlar hamda ANCA ko‘rsatkichlari asosida tizimli shikastlanish
darajasini kompleks baholashdan iborat bo‘ldi. Prospektiv-kesimiy tadqiqotda 146 nafar bemor va 20 nafar sog‘lom
shaxs nazorat guruhi sifatida o‘rganildi. Qon zardobida C-reaktiv oqsil, transaminazalar (AST, ALT), mochevina,
kreatinin, umumiy oqsil, glyukoza hamda ANCA darajalari aniqlanib, guruhlararo taqqoslandi. Natijalarga ko‘ra, faol
PGda yallig‘lanish markerlari va azot almashinuvi ko‘rsatkichlari sezilarli oshgan, umumiy oqsil pasaygan hamda
ANCA titri yuqori bo‘lgan. Davolashdan so‘ng ko‘rsatkichlarning normallashuvi kuzatildi. Biokimyoviy va
immunologik markerlarning kompleks bahosi kasallik faolligi, buyrak zararlanishi va tizimli jarayonni erta
aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega