Abstract:
Tizimli vaskulitlar – multisistemali autoimmun kasalliklar bo‘lib, kichik va o‘rta tomirlarning
nekrotik yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi. Yuz-jag‘ sohasidagi yiringli-nekrotik jarayonlar bemorlar salomatligi va
hayot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda 2023–2026 yillarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Ko‘p tarmoqli klinikasi revmatologiya va Kattalar LOR va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limlarida olib borilgan. 110 nafar
bemorda yuz-jag‘ sohasidagi nekrotik jarayonlarni erta aniqlash maqsadida klinik, laborator va molekulyar-genetik
tekshiruvlar o‘tkazildi. Tadqiqotda ERG1, C1QTNF3 va TNFAIP3 genlari tekshirildi. Klinik va genetik tekshiruvlar
asosida yuz-jag‘ sohasidagi yiringli-nekrotik jarayonlarni aniqlash va kasallik faolligi bilan bog‘liq korrelyatsiyalar
tahlil qilindi.