Abstract:
Mazkur maqolada bo‘lajak oilaviy shifokorlarning kasbiy-motivatsion rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan
pedagogik yondashuvlar tizimi nazariy va didaktik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida motivatsion, tizimli, kasbiy-rivojlantiruvchi, integrativ, amaliy-faoliyatli, muammoli, kreativ va refleksiv yondashuvlarning mazmun-mohiyati ochib berildi hamda ularning ambulator-poliklinik terapiya fanini o‘qitish jarayonidagi o‘rni asoslab berildi. Natijada kasbiy-motivatsion rivojlanish ko‘p komponentli va integrativ pedagogik tizim asosida amalga oshirilishi lozimligi isbotlandi.