Abstract:
Yuqori yogʻli kombinatsiyalangan parhez yordamida eksperimental yogʻli
gepatoz modellashtirildi va kalamushlarning tana vazni, jigar indeksi va jigarda morfologik
tadqiqotlar oʻtkazildi. Tadqiqot natijalariga koʻra, tadqiqotning 8-haftasidan boshlab yuqori yogʻli
parhez qoʻllash natijasida jigar boʻlaklarining barcha sohalarida yogʻli distrofiya kuzatildi.