Abstract:
Surunkali buyrak kasalligi (SBK) – bu zamonaviy tibbiyotda eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Uning rivojlanishi koʻp jihatdan buyrak arteriyalari aterosklerozi bilan bogʻliq. Buyrak qon tomirlaridagi aterosklerotik oʻzgarishlar nafaqat glomerullarning, balki butun nefron tizimining ishlashini pasaytiradi. Shu bilan birga, oksidlovchi stress va yalligʻlanish jarayonlari toʻqimalarda shikastlanishni kuchaytiradi. Soʻnggi yillarda oksidlovchi stressni kamaytirishga qaratilgan terapiya, yaʼni antioksidantlardan foydalanish, muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, xalq tabobatida qoʻllaniladigan tabiiy antioksidantlar ham surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini sekinlashtirishda qoʻshimcha yordam beradi. Ushbu maqolada antioksidant terapiyaning mexanizmi, samaradorligi va xalq tabobati usullarining ilmiy asoslangan jihatlari yoritiladi.