Abstract:
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari (YQTK) butun dunyo bo‘ylab
o‘limning asosiy sababidir, har yili taxminan 17,9 million kishi ushbu kasalliklardan vafot etadi. Yurak-qon tomir kasalliklari
dunyodagi barcha o‘lim holatlarining 16% ini tashkil qiladi. Aynan shu sababli, YQTK va ularning sabablariga qarshi kurash XXI asr
kardiologiyasining asosiy vazifasidir. Giperxolesterinemiya bilan og‘rigan bemorlarda ishemik yurak kasalligi (IYuK) ni davolash
xavf omillarini farmakoterapiya qilish va ayrim hollarda intervension strategiyalarni qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Ushbu sharhda
mualliflar IYuK bilan kasallangan va chresko‘rinar koronar aralashuvlar (ChKA) o‘tkazgan bemorlarni davolash yondashuvlariga
oid muhim klinik tadqiqotlarni tahlil qilishni maqsad qilgan. Shuningdek, ular statinlar, ezetimib va PCSK9 ingibitorlari bilan
gipolipidemik terapiya, yangi farmakoterapiya usullarining afzalliklari va kamchiliklari hamda giperxolesterinemiya natijalarini
yaxshilash bo‘yicha so‘nggi texnologik yutuqlarni muhokama qilishni rejalashtirgan.