Abstract:
Maqsad: revmatoid artritning erta bosqichlarida tashx
islash va kasallik kechishini prognozlashda immunologik
markerlarining diagnostik va prognostik ahamiyatini
aniqlash. Material va usullar: tadqiqot Toshkent davlat tib
biyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining revmatologiya
bo’limida olib borildi. Tadqiqotga jami 100 nafar ishtirokchi
jalb qilindi: 80 nafar revmatoid artritli bemorlar va 20 nafar
sog‘lom shaxsdan iborat nazorat guruhi. Klinik, biokimyoviy
va instrumental tekshiruv natijalari statistik tahlil qilin
di. Natijalar: VEGF uchun AUC=0.89, Sezuvchanlik = 70%,
PPV=100%, Anti-CarP uchun AUC=0.78, Sezuvchanlik = 52%,
PPV=100%, Ikkala biomarker darajasi sog‘lomlarga nis
batan ishonchli yuqori (p<0.001). Har ikki biomarker musbat
bemorlarda Sharp va Larsen destruksiya ballari 2 baravarga
yaqin yuqori bo‘lib, bu ularning suyak yemirilishini bashorat
qilishdagi klinik ahamiyatini ko‘rsatadi. Xulosa: bu natijalar
ushbu biomarkerlarning nafaqat diagnostik, balki prognoz
qo‘yishda, destruksiyani baholashda, va seronegativ revma
toid artrit guruhlarida klinik foydaliligini tasdiqlaydi.