Abstract:
Maqsad: lyupus nefrit (LN) tizimli qizil yuguruk (TQY)
ning keng tarqalgan va jiddiy kasalligi boʻlib uzoq mud datli buyrak jarohatlanishiga olib keladi va bemorning
omon qolishiga salbiy ta’sir qiladi. Bu kabi holatlarning
oldini olish uchun klinik-laborator, immunologik tekshi ruvlarning diagnostik va prognostik ahamiyati muhum
oʻrin tutadi. Material va usullar: tadqiqotda LN bo’lma gan tizimli qizil boʻrichali bemorlar 20 ta (TQB/LN siz)
va 20 nafar tizimli qizil boʻricha LN boʻlgan (TQB/LN)
bemorlar va 20 nafar sogʻlom nazorat guruhi ishtirok
etdi. Natijalar: buyrak funktsional holatini baholovchi
ko`rsatkichlardan umumiy oqsil, mochevina, kreatin, TQB
miqdorining TQB/LN guruhning TQB/LN siz guruhga
nisbatan norma chegaralaridan kamayganligini va har
ikkala guruhda nazorat guruhiga nisbatan kamayganlig ini ko‘rishimiz mumkin. Xulosa: kasallik chuqurlashgan
sari renal kamqonlikning avjlanishi namoyon boʻlmoqda.
Lekin kasallikning aynan qaysi bosqichida buyrak jaro hatlanishi yuzaga kelayotganligi, renal anemiya rivojla nayotganligi hamda davo samaradorligini baholashimiz
uchun oltin standar boʻlgan buyrak biopsiyasi, VCAM-1,
ALCAM, C1q v.b sitokinlarni ham tekshirishimiz maqsad ga muvofiq boʻlar edi.