| dc.description.abstract |
Metabolik assotsirlangan jigar yog‘ kasalligi (MAJYOK) metabolik disfunksiyaga asoslangan jigarda
yog‘to‘planishining ko‘payishi bilan tavsiflangan keng tarqalgan surunkali kasallikdir. Dunyoning aksariyat
mintaqalarida MAJYOKni aniqlash darajasi mintaqalar bo‘ylab 20% dan sezilarli darajada oshadi va doimiy o‘sish
tendensiyasiga ega kasallik hisoblanadi. Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra, MAJYOK etiologiyasi va patogenezi
dunyo bo‘ylab «muammoning dolzarbligini, ko‘plab etiologik omillarning mavjudligini muhokama qilishga urinishlar»
konsepsiyasi doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu modelga ko‘ra, kasallikning rivojlanishi ko‘plab genetik, atrof
muhit va adaptiv omillarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi, ular orasida asosan parhezning tabiati. (masalan,
to‘yingan yog‘lar va fruktozaning ko‘p iste’moli), jismoniy каm harakatlilik, semizlik, insulinga chidamlilikning
rivojlanishi, adipokin ishlab chiqarish disregulatsiyasi, lipotoksiklik, oksidlovchi stress, ichak mikrobiota disbiyozi
(ingichka ichak bakteriyalarining o‘sish sindromi va genetik polimorfizmlar (masalan, PNPLA3 geni) va epigenetik
modifikatsiyalar) kabi etiologik omillar qayd etiladi. MAJYOK bilan og‘rigan bemorlarni dori vositalarsiz davolash
usullari sifatida tana vaznini kamaytirish (ortiqcha vazn yoki semizlik bo‘lsa), to‘yingan yog‘ kislotalari va fruktoza
iste’molini kamaytirish, shuningdek, yetarli miqdorda to‘yinmagan yog‘ kislotalarini kiritish tavsiya etiladi. MAJYOK
uchun farmakoterapiya insuliga tolerantlikni davolashga, jigar faoliyatini yaxshilashga va ushbu patologiyaga bog‘liq
kasalliklar xavfini kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak |
en_US |