Abstract:
Erta tiklanish davrida yengil va o'rtacha darajali markaziy parezli bemorlarda
zamonaviy mexanoterapiya usullarining klinik samaradorligini an'anaviy
reabilitatsiya bilan taqqoslab baholash. Tadqiqotga insult yoki bosh miya
travmasidan keyin erta tiklanish davrida (14–90 kun) bo'lgan 68 nafar bemor jalb
qilindi. Asosiy guruh (n=35) zamonaviy mexanoterapiya qurilmalari (Ormed
FLEX-F01Active, Ormed FLEX-F03, ORMED-MotoMS010) yordamida
intensiv reabilitatsiya dasturini oldi; nazorat guruhi (n=33) an'anaviy
fizioterapiya va kinezoterapiya dasturini oldi.