Abstract:
Qandli diabet surunkali somatik kasalliklardan biri bo‘lib, u
organizmdagi glyukoza almashinuvining buzilishi tufayli deyarli barcha organlar va
tizimlarda patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dunyo aholisining ko‘payishi,
umr ko‘rish davomiyligining oshishi, kam harakat turmush tarzi tufayli metabolik
kasalliklar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Oxirgi 20 yil ichida dunyoda qandli
diabet bilan kasallanganlar soni 6 baravar ko‘paydi.