Abstract:
Mazkur tadqiqot revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda depressiya va xavotir darajasining
hayot sifati ko‘rsatkichlariga ta’sirini kompleks baholash hamda psixoterapevtik aralashuv samaradorligini
aniqlashga qaratildi. Tadqiqot davomida bemorlarning psixoemotsional holati, kasallik faolligi darajasi va hayot
sifati ko‘rsatkichlari HADS hamda SF-36 standart psixodiagnostik shkalalari asosida o‘rganildi.
Natijalar revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarning sezilarli qismida klinik va subklinik darajadagi xavotir
hamda depressiv buzilishlar mavjudligini ko‘rsatdi. Psixoemotsional buzilishlar og‘riq intensivligi, jismoniy
faollikning cheklanishi, ijtimoiy moslashuv pasayishi va umumiy hayot sifati yomonlashuvi bilan bog‘liq ekani
aniqlandi. Psixoterapevtik aralashuv, ayniqsa kognitiv-bixevioral terapiya qo‘llangan bemorlarda xavotir va
depressiya darajasining sezilarli kamayishi, og‘riq sezgisining pasayishi hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarining ijobiy
tomonga o‘zgarishi kuzatildi. Ratsional psixoterapiya qo‘llangan guruhda ham ijobiy dinamika qayd etilgan bo‘lsa da, o‘zgarishlar nisbatan kamroq ifodalandi.