Abstract:
Hozirgi kunda allergik kasalliklar, jumladan, bronxial astma (BA) bolalar orasida eng koʻp uchraydigan surunkali patologiyalar sirasiga kiradi. Ular immun tizimining disbalansi, genetik moyillik va tashqi muhit omillarining murakkab oʻzaro taʻsiri natijasida shakllanadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʻlumotlariga koʻra, ushbu kasalliklar global sogʻliqni saqlash muammosiga aylanib ulgurgan. Oʻzbekiston Respublikasida allergik kasalliklar bilan kasallanish darajasi 15–35% ni tashkil etadi, bu esa ularning oldini olish, erta tashxislar va davolash usullarini takomillashtirish zarurligini taqozo etadi. Soʻnggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni koʻrsatadiki, BA va atopik kasalliklarning ogʻir va surunkali shakllari rivojlanishida faqatgina atopik komponent emas, balki ayrim infeksion agentlar, xususan Mycoplasma pneumoniae va Chlamydia pneumoniae infeksiyalarining ham roli katta. Ular nafaqat nafas yoʻllarining surunkali yalligʻlanishini keltirib chiqaradi, balki immunologik disfunksiya, antigenik stimulyatsiya va sitokinlar balansining buzilishi orqali kasallikning kechishini ogʻirlashtiradi. Uzoq davom etuvchi latent yoki past simptomli infeksiya holatlari esa standart terapiyaga nisbatan rezistentlik, tez-tez xurujlar va qisqa remissiyalar bilan namoyon boʻladi