Abstract:
Surunkali yurak yetishmovchiligi fonida rivojlangan kardiorenal sindrom
yurak va buyrak faoliyatining o‘zaro kuchayib boruvchi disfunksiyasi bilan tavsiflanadigan
murakkab klinik holat hisoblanadi. Kasallikning erta bosqichlarida patofiziologik o‘zgarishlar
ko‘pincha subklinik kechib, buyrak shikastlanishi an’anaviy klinik va laborator ko‘rsatkichlar
yordamida o‘z vaqtida aniqlanmasligi mumkin. Shu sababli kardiorenal sindromning aynan erta
bosqichlarini chuqur tahlil qilish klinik amaliyot uchun muhim ahamiyatga ega.
Mazkur maqolada surunkali yurak yetishmovchiligi fonida rivojlangan kardiorenal
sindromning erta bosqichlariga oid zamonaviy ilmiy ma’lumotlar tahlil qilindi. Erta patogenetik
mexanizmlar, jumladan gemodinamik buzilishlar, neyrogumoral faollashuv, kallikrein–kinin
tizimi va natriyuretik peptidlar tizimining o‘rni yoritildi. Shuningdek, biomarkerlar va klinik
jihatlarning diagnostik hamda prognostik ahamiyati muhokama qilindi. Ushbu maqola
kardiorenal sindromni erta aniqlash va keyingi maqsadga yo‘naltirilgan davo strategiyalarini
asoslash uchun ilmiy-nazariy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.