Abstract:
Tadqiqotga qamrab olingan bemorlarda RA kasallikning bo‘g‘im shakli va tizimli o‘zgarishlar bilan kechganda rentgen tekshiruvi o‘tkazilganda bo‘g‘imlarda zararlanish ortib borishi DAS28 bo‘yicha aktivlikka to‘g‘ri proporsionalligi aniqlandi. Rux mikroelementi va IF o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilganda esa kasallikda zararlanish qancha yuqori bo‘lsa IF miqdori shuncha yuqoriligi va aksincha ruxning miqdori esa kamayib borganligini kuzatdik. qon zardobidagi ruxning miqdori kamayishi va IF ning miqdorining oshishi RA kasalligida bo‘g‘imlarda destruktiv jarayonlar boshlanishi havfi yuqoriligini ko‘rsatadi.