Abstract:
Chiqindilar bilan ishlash muammosi deyarli yer yuzida inson paydo bo‘lishi
bilan birga paydo bo‘ldi. Atrof-muhitda chiqindilar miqdorining ko‘payishi tobora
ortib bormoqdi. Ammo ma’lum vaqtgacha chiqindilar hajmi yaqqol xavf tug‘dirmagan. Hozirgi paytda kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shunday
cho‘qqilariga ko‘tarildiki, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining miqdori
tahdidli tus oldi. Muammo XX asrda, chiqindilarni to‘plash va saqlash uchun
ajratilgan poligonlar katta maydonlarni egallay boshlaganida o‘zining eng katta
dolzarbligini kasb etdi. Keyinchalik bu yerlar mutlaqo yaroqsiz bo‘lganligi sababli
foydalanish mumkin bo‘lgan yerlar toifasidan butunlay o‘chirib tashlandi.