Abstract:
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlarning
umumiy tarkibida kuyishlar
dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Rivojlangan
mamlakatlarda har yili 100 ming
aholiga 290-300 ta kuyish qayd etiladi.
Respublikamizda xam har yili 50 mingga
yaqin odam kuyishdan aziyat chekadi,
ularning 29-46 foizi kasalxonaga
yotqizishni talab qiladi [3], 5-7% hollarda
bemorlarning o‘limiga turli asoratlar
sabab bo‘ladi [12]. Terminal travmadan
zarar ko‘rgan bolalar ulushi 13,8-75,3%
ni tashkil qiladi va o‘lim darajasi yuqori
[6]. Kuyish kasalligida yuqori o‘limning
asosiy sabablaridan biri bu umumiy infektsiyaning
paydo bo‘lishi, keyinchalik
ko‘p a’zolar etishmovchiligining rivojlanishidir
[13].