Abstract:
Maqolada ekologik toza bug‘doy yetishtirishga qaratilgan yangi samarali agrobiotexnologiya ilmiy
asoslab berilgan. Tadqiqotlarda og‘ir metallar bilan ifloslangan tuproq sharoitida organik va biologik o‘g‘itlarning (KGumat, Teria-S, Serhosil) kompleks qo‘llanilishining kuzgi bug‘doy o‘sishi, rivojlanishi, don hosildorligiga ta’siri
o‘rganildi. Olingan natijalar bioo‘g‘itlarning majmuaviy qo‘llanilishi o‘simlik biometrik ko‘rsatkichlari va don sifatini
sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi hamda ekologik xavfsiz mahsulot yetishtirish imkoniyatini yaratdi