Abstract:
Mazkur maqolada issiq iqlim sharoitida tashkil etilgan turli tipdagi mehmonxonalarning
sanitar-gigiyenik va funksional xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan. Zamonaviy turizm rivojlanishi sharoitida
mehmonxonalarni iqlim sharoitiga mos holda loyihalash va ekspluatatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot doirasida mehmonxona, xostel, mehmon uyi va milliy tipdagi joylashtirish obyektlarida mikroiqlim
ko‘rsatkichlari, ventilyatsiya tizimi, yoritish, akustik muhit, sanitar holat va xizmat sifati baholandi. Izlanish
jarayonida sanitar kuzatuv, instrumental o‘lchovlar, taqqoslama tahlil va statistik usullardan foydalanildi.
Natijalarga ko‘ra, issiq iqlim sharoitida tabiiy shamollatish, issiqlikdan himoya, soyalashtirish, suv ta’minoti va
energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash mehmonxona obyektlarining samaradorligini oshirishi aniqlandi.
Olingan ma’lumotlar turli mehmonxona tiplarini takomillashtirish va hududiy turizm infratuzilmasini rivojlantirish
uchun amaliy ahamiyatga ega.