Abstract:
Tadqiqotning maqsadi. Erta bolalik davrida epileptik entsefalopatiyaning klinik–
immunologik xususiyatlari va kasallikning kechishi xarakterini o‘rganish.
Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotning maqsad va vazifalariga erishish uchun
birinchi bosqichda biz Bolalar Milliy Tibbiyot Markazining (BMTM) “Nevrologiya” bo’limida 0
yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan epilepsiyaning turli shakllari bilan kasallangan 82 nafar bemor
bolalarni tanlab oldik, jumladan 39 nafarida kasallik birinchi marotaba aniqlangan. Bemorlarni 2
guruhga bo’lib oldik: 1-guruh epileptik ensefalopatiya bilan kasallangan 35 (42,7%) nafar bemor
bolalardan (asosiy guruh); 2-guruh epilepsiyaning boshqa shakllari bo’lgan 47 nafar (57,3%) bemor
bolalardan (taqqoslov guruhi) tashkil topgan. Taqqoslov guruhni epilepsiyaning boshqa turlari
mavjud bolalar tashkil etdi, jumladan, epilepsiyaning o’choqli (fokal) shakllari – 35 (42,7%) nafar
bolalardan, generalizaциyalashgan shakllari – 12 (14.6%) bolalardan tashkil topgan. Nazorat guruhi
20 nafar sog’lom ko’ngillilardan iborat edi. Tadqiqotda umumiy klinik, nevrologik, neyropsixologik
rivojlanishini baholash shkalasi (Beyli III) va instrumental tadqiqot usullaridan (EEG, MRT)
foydalanildi. Yallig’lanishga qarshi sitokinlar (IL-1, IL-10, TNF-α) darajasi immunologik tahlil bilan
o’lchandi