Abstract:
Maqolada ishemik insultda buzilgan harakat funksiyalarini tiklashga qaratilgan
reabilitatsion tadbirlarni optimallashtirishning zamonaviy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Harakat
buzilishlarining patogenetik mexanizmlari, klinik ko‘rinishlari hamda reabilitatsiya
salohiyatini baholashda qo‘llaniladigan klinik va instrumental usullar tahlil qilingan.
Ayniqsa, neyropsixologik korreksiya, fizioterapiya va innovatsion texnologiyalarni o‘z
ichiga olgan kompleks dasturlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Zamonaviy
tadqiqotlar tahliliga asoslanib, ishemik insultdan keyingi harakat faoliyatini tiklash
samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berilgan