Abstract:
Jahon sog‘liqni saqlash tizimida gospitalgacha bo‘lgan
bosqichda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifati aholi o‘limi va nogironligini
kamaytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda turli davlatlar (AQSH,
Braziliya, Chili, Janubiy Afrika) o‘z ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib, tez
tibbiy yordam (TTYo) tizimining o‘ziga xos modellarini shakllantirgan. Ushbu
xalqaro tajribalarni o‘rganish va ijobiy jihatlarini milliy sog‘liqni saqlash tizimiga
adaptatsiya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.