Abstract:
Buyrak hujayrali saratoni urologik o‘smalar orasida uchinchi o‘rinni egallab,
barcha xavfli o‘smalarning taxminan 3% ini tashkil qiladi. Orolbo‘yi mintaqasida ekologik
noqulay sharoit ta’sirida onkologik kasalliklar, jumladan buyrak saratoni holatlari yildan-yilga
ortib bormoqda. Peritumoral sohalarning immunogistokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish
o‘smaning biologik salohiyatini baholash, retsidiv va metastaz xavfini bashorat qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning maqsadi – Orolbo‘yi hududi aholisi orasida buyrak saratoni
peritumoral sohalarida Ki-67, p53, CD34, CD3 va CD20 immunogistokimyoviy markerlar
ekspressiyasini o‘rganish va ularning bashoratlash ahamiyatini baholash