Abstract:
Ushbu maqolada Farg‘ona neftni qayta ishlash korxonasida koks changining hosil bo‘lish mexanizmi batafsil ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi koks changining hosil bo‘lish manbalarini aniqlash, uning kimyoviy tarkibini baholash, ishchilar salomatligiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotda analitik, laborator-instrumental hamda sanitar-gigiyenik usullardan foydalanilgan. Korxonaning texnologik jarayoni o‘rganildi, koks changiga batafsil tavsif berildi, changning salbiy ta’siri bilan bog‘liq organizmdagi buzilishlar va kasalliklar muhokama qilindi. Shunday qilib, koks changining ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lishi nafas olish tizimi kasalliklarini keltirib chiqarishi aniqlandi, bu esa koks changining ta’sirini oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni talab qiladi.