Abstract:
Ushbu tadqiqot neftni qayta ishlash korxonalaridagi mehnat muhitining gigienik tavsifini, ayniqsa koks changi ta’sirini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Koks changi nafaqat nafas olish tizimi, balki yurak-qon tomir va asab tizimlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda koks changi manbaalari, ularning tarqalish xususiyatlari va texnologik qurilmalarni modernizatsiya qilish orqali zararni kamaytirish yo‘llari yoritilgan. Ishlab chiqarishda ekologik xavfni pasaytirish va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida amaliy tavsiyalar berilgan.