Abstract:
Mazkur tadqiqotda ta’sirlangan ichak sindromi bilan kasallangan 80 nafar bemorda vitseral sezuvchanlik indeksi va sistematik desensibilizatsiya
terapiyasining samaradorligi o‘rganildi. Bemorlar 2 guruhga ajratildi: 1-guruhga sistematik desensibilizatsiya terapiyasi va sulpirid, 2-guruhga
ratsional psixoterapiya va sulpirid qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari sistematik desensibilizatsiya terapiyasi vitseral sezuvchanlik ko‘rsatkichlari hamda
xavotir-fobik simptomlarni kamaytirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi