| dc.contributor.author | Alimova D.D., Amonov A.Sh., Amonov Sh.E. | |
| dc.date.accessioned | 2026-07-14T06:11:11Z | |
| dc.date.available | 2026-07-14T06:11:11Z | |
| dc.date.issued | 2023-09-30 | |
| dc.identifier.uri | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4823 | |
| dc.description.abstract | Tadqiqot maqsadi. Polipli rinosinusit bo‘lgan bolalarda burun shilliq qavatining morfologik tuzilishini o‘rganish. Material va uslublar. 15 nafar polipoz rinosinusit bo‘lgan bemor bolalarni tekshirish tadqiqot asosiga qo‘yildi, mikrobiologik tadqiqotlarda uchun zamburug‘ (9 bola), zamburug‘ va bakterial infektsiyalar (6 bola) mavjudligi aniqlandi. Morfologik tadqiqotlar uchun jarrohlik aralashuvlar vaqtida olingan shilliq qavatning biopsiyalari o‘rganildi. Yorug‘lik mikroskopiyasi uchun material 10% formalin eritmasida fiksatsiya qilindi, kesmalar gematoksilin va eozinda bo‘yaldi, lyuminestsent mikroskop yordamida tekshiruvlar o‘tkazildi. Skanerlovchi elektron mikroskopiyani o‘tkazish uchun namunalar 2,5% glutar aldegid eritmasida fiksatsiya qilingandan so‘ng Hitachi S405 mikroskopida o‘rganildi. Canon raqamli kamerasi yordamida monitor ekranidan fotosuratlar olindi. Natijalar.O‘tkazilgan yorug‘lik-optik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, rinosinusitda mikrobiologik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan bakterial etiologiya (6 bola; 40%) yallig‘lanish xarakteridagi shilliq qavatning aniq o‘zgarishlari sodir bo‘lganligini ko‘rsatdi.Bolalarda zamburug‘ etiologiyali polipoz rinosinusitda yorug‘lik-optik kesmalarda zamburug‘ elementlarining tiqilishi aniqlanib, ular asosan mitseliyning bir biriga bog‘langan iplari bilan hosil bo‘ladi. Lyuminestsent mikroskopda kesmalar akridin to‘q sariq rangga bo‘yalib, mitseliy ipi qizil lyuminessensiya berdi. | en_US |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.publisher | O'zbekiston, Toshkent (Педиатрия) научно-практический журнал №3 | en_US |
| dc.subject | Polipoz rinosinusit, Shilliq qavat morfologiyasi, Yalligʻlanish infiltratsiyasi | en_US |
| dc.title | POLIPOZ RINOSINUSITLARDA SHILLIQ QAVATNING MORFOLOGIK XARAKTERISTIKASI | en_US |
| dc.type | Article | en_US |