Abstract:
Preeklampsiya xomiladorlik davridagi gipertenziv kasallik bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab xomiladorlikning kechishiga 2% dan 8% gacha ta’sir qilib, perinatal kasalliklarga va onalar o‘limiga sezilarli darajada sabab bo‘ladi. Preeklampsiyada tizimli organ disfunksiyasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lsa-da, gipertenziya va proteinuriya kasallikning asosidir. Klinik sindrom anormal platsentadan boshlanadi va keyinchalik asosan fmsga o‘xshash tirozin kinaza-1 (sFlt-1) va eruvchan endoglin (sEng) vositasida antiangiogenik omillarning chiqarilishi yuzaga keladi. sFlt-1 va sEngning yuqori miqdorlari endotelial disfunksiyaga, vazokonstruksiyaga va immunitetning buzilishiga olib keladi va ona va homilaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada preeklapsiyaning yuzaga kelishidagi asosiy omillar, uning homilador ayollarda kechishi, diognostikasi, davolash usullari va profilaktik chora tadbirlari haqida qisqacha bayon qilinadi.