Abstract:
Podagra tashxisi uchun hozirgi zamonaviy qon tahlili past sezuvchan bo‘lishi mumkin. Biz tadqiqot uchun
33 ta sog‘lom va 35 ta bemordan iborat 68 ta odamdan iborat tekshiruvimizda biz podagra bilan og‘rigan bemorlarning
ichak mikrobiotasi sog‘lom odamlarning ichak mikrobiotasi farq qilishini xabar qildik. Podagra bilan og‘rigan bemorlarda
Bacteroides caccae va Bacteroides xylanisolvens miqdori ko‘payadi, ammo Faecalibacterium prausnitzii va Bifidobacterium
pseudocatenulatum miqdori kamayadi. Podagradagi mikrob genlarining referent katalogida purinlarning parchalanishi va
podagra bilan og‘rigan bemorlarda butirat kislotaning biosintezidagi buzilishlar ma'lum bo‘ldi. Qo‘shimcha 15 a’zodan
iborat tekshirish guruhida 17 ta podagra bilan bog‘liq bakteriyalar orqali tashxis qo‘yish modeli 88,9% aniqlikka erishdi,
bu esa siydik kislotani qon tahlili orqali aniqlash usulidan yuqori. Podagraning ichak mikrobiotasi jigar sirroziga qaraganda
2-tipdagi qandli diabetga ko‘proq o‘xshaydi, shu bilan birga Faecalibacterium prausnitzii kamayishi va butirat biosintezining
pasayishi metabolik sindromlarning har birida umumiydir. Shunday qilib, podagraning mikrobial indeksi najas mikrobiota
orqali podagrani tashxislash uchun yangi, sezgir va invaziv bo‘lmagan strategiya sifatida taklif qilindi