dc.description.abstract |
Tadqiqot maqsadi. Bolalarda gemorragik vaskulitning (Shenleyn-Genox kasalligi)klinik turlari va darajalarini yosh va
jinsga bog‘liq kechish xususiyatlari hamda yondosh patologiyalarning uchrash darajasini retrospe
Materiallari va uslublar.2012-2022-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) ko‘p tarmoqli klinikasining bolalar
kardiorevmatologiya bo‘limida gemorragik vaskulit (GV) tashxisi bilan statsionar sharoitda jami (416 ta) davolangan 3
yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning kasallik tarixidan nusxa ko‘chirilib, maxsus ishlab chiqilgan kartalarga qayd
qilindi. Tadqiqotda TTA GV tashxisi bilan davolangan bemorlarning yosh jins bo‘yicha, klinik kechishi, mavsumiyligi
bo‘yicha dinamikasi, og‘irlik darajasi, yondosh kasalliklar uchrashiga ko‘ra bemorlar guruhlarga ajratildi va tahlil qilindi.
Natijalar. TTA kardiorevmatologiyada GV tashxisi bilan davolangan bemor bolalar dinamikasini o‘rganishda shu ma’lum
bo‘ldiki, 2019 yilgacha kasallik tendensiyasining ortishi kuzatilgan, biroq bu statistik jihatdan ishonchli emas. Bolalarning
ushbu tashxis bilan statsionarda davolanish dinamikasining 2020-2021 yillarda pasayishi esa koronavirus pandemiyasi bilan
bog‘lash mumkin. Bu bemorlar ambulator sharoitda davolanganligi ehtimoli yuqori. |
en_US |