| dc.description.abstract |
Ushbu uslubiy tavsiyanomada bolalar va kattalarda milk retsessiyasini zamonaviy klinik tekshirish usullari orqali milk retsessiyasini to’gri tashxislash, retsessiyani turini aniqlash va zamonaviy klinik tekshiruv usullari taqdim etilgan. Milk retsessiyasi polietiologik kasallik bo’lib, yosh kattalashgan sayin retsessiya jarayoni kuchayib boradi, bolalarda 15-20 % , kattalarda 90 % gacha uchraydi. Bolalar va kattalarda milk va parodont to’qimasining anatomik hamda gistologik tuzulishlarida o’ziga xosliklar mavjud bo’lib , milk retsessiyasini tahsxislash, davolash ham yoshga bogliq tanlanadi. Adabiyotlardagi ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bolalar va kattalarda milk retsessiyasini zamonaviy tekshirish ususllarini samaradorligi birinchi navbatda milk retsessiyasini to’gri tashxislash, retsessiyani turini aniqlab, qo‘llaniladigan davolash mezonini to’g’ri tanlashi va kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlarini bartaraf etish bilan belgilanadi
Ushbu uslubiy tavsiyanomada bolalar va kattalarda milk retsessiyasini zamonaviy klinik tekshirish usullari orqali milk retsessiyasini to’gri tashxislashni o’rganish, retsessiyani turini aniqlash va ularning bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Uslubiy tavsiyalar stomatologlar, tibbiyot tadqiqotchilari, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun mo‘ljallangan. |
en_US |