| dc.contributor.author | Xidoyatova M.R., Islamova M.T., Shomansurova M.Sh. | |
| dc.date.accessioned | 2026-09-24T04:11:18Z | |
| dc.date.available | 2026-09-24T04:11:18Z | |
| dc.date.issued | 2026 | |
| dc.identifier.issn | 2181-7812 | |
| dc.identifier.uri | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5298 | |
| dc.description.abstract | Maqsad: tizimli qizil bo'richa bilan kasallangan bemorlarda buyrak shikastlanishining klinik, laborator va immunologik ko'rsatkichlarini har tomonlama baholash hamda ularning erta diagnostika uchun ahamiyatini aniqlash. Material va usullar: tizimli qizil bo'richa tashxisi qo'yilgan 30 nafar bemorning klinik va laborator ma'lumotlariga asoslangan bo'lib, unda siydikdagi oqsil miqdori, kreatinin, mochevina, C3 va C4 komplement komponentlari, anti-dsDNA hamda C-reaktiv oqsil ko'rsatkichlari o'rganildi. Natijalar: bemorlarda buyrak shikastlanishining (lupus nefritining) faolligi immunologik markerlar (anti-dsDNA darajasining oshishi, C3 va C4 komplementlarining pasayishi) hamda buyrak filtratsiya qobiliyatining buzilishini aks ettiruvchi laborator ko'rsatkichlar bilan uzviy bog'liqligi aniqlandi. Xulosa: tizimli qizil bo'richada buyrak shikastlanishini erta aniqlash va asoratlarning oldini olish uchun immunologik hamda bioximiyaviy markerlarni muntazam va dinamik monitoring qilish zarurligi ko'rsatildi. | en_US |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.publisher | O'zbekiston, Toshkent (O'zbekistоn tibbiyоt axbоrоtnоmasi) jurnal №9 | en_US |
| dc.relation.ispartofseries | UO‘K:;616.5-002.525.2:616.61-07 | |
| dc.subject | tizimli qizil bo'richa, lupus nefrit, proteinuriya, anti-dsDNA, kreatinin, komplement tizimi. | en_US |
| dc.title | TIZIMLI QIZIL BO'RICHADA BUYRAK SHIKASTLANISHINING KLINIK VA LABORATOR KO'RSATKICHLARI | en_US |
| dc.type | Article | en_US |