Abstract:
Ushbu uslubiy tavsiyanomada tish qatori nuqsonlariga ega bo‘lgan
bemorlarda estetik buzilishlarni aniqlash va baholash masalalari keng yoritilgan.
Tish qatori defektlari nafaqat ovqat chaynash, nutq va fonetik funksiyalarga, balki
bemorlarning tashqi ko‘rinishiga, yuz proporsiyalariga ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Shu boisdan, estetik buzilishlar bemorlarning psixo-emotsional holati,
ijtimoiy faolligi va hayot sifatiga bevosita ta’sir etuvchi muhim omil sifatida
qaraladi.
Tadqiqot davomida estetik buzilishlarni baholashning zamonaviy klinikme’yoriy mezonlari, maxsus indekslari va vizual-analog shkalalari qo‘llanildi.
Bemorlarning sub’ektiv fikrlari va obyektiv klinik ko‘rsatkichlar taqqoslanib,
nuqsonlarning darajasi va ularning estetik ko‘rinishga ta’siri tizimli ravishda tahlil
qilindi. Natijalar bemorlarda yuz tuzilishi va tabassum estetikasidagi
o‘zgarishlarning qay darajada psixologik noqulaylik tug‘dirishini ko‘rsatdi.
Mazkur ishda shuningdek, estetik buzilishlarni bartaraf etishda
qo‘llaniladigan kompleks reabilitatsiya usullarining ilmiy asoslari va amaliy
ahamiyati ham yoritilgan. Individual yondashuvni talab qiluvchi zamonaviy
ortopedik va ortodontik metodlarning samaradorligi asoslab berildi.
Tadqiqot natijalari stomatologik amaliyotda tish qatori nuqsonlarini nafaqat
funksional, balki estetik nuqtai nazardan ham baholash zarurligini, bemorlar uchun
eng maqbul reabilitatsiya usullarini tanlashda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb
etishini ko‘rsatadi.