Abstract:
Yurak ishemik kasalligi (YuIK) bilan
og‘rigan bemorlarda postkovid davrining
yurak-qon tomir xavf omillari va psixosotsial distress dinamikasiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalariga koʻra, postkovid
davrida YuIKli bemorlarda kardiovaskular xavf omillari, jumladan, chekishning
tarqalishi 5,8% ga kamaygani, gipodinamiya chastotasi esa 43,3% ga oshgani
hamda arterial bosimning nisbatan past
ko‘rsatkichlari qayd etildi. Biroq, postkovid sindromi YuIKli bemorlarning psixoemotsional holatiga sezilarli darajada
salbiy ta’sir ko‘rsatib, xavotir va psixologik
distress darajasining oshishi bilan namoyon bo‘ldi.