Abstract:
Мaqsad: podagra bilan kasallangan bemorlarda
gipourikemik dorilarning qiyosiy tahlilini о‘tkazish. Ma terial va usullar: tadqiqotga Toshkent tibbiyot akademi yasi kо‘p tarmoqli klinikasi negizida artrologik terapiyani
korreksiya qilish maqsadida murojaat qilgan 60 nafar aniq
tashxis qо‘yilgan podagra bemori ishtirok etdi. Allopurinol
GT sifatida kuniga 100 mg boshlang‘ich dozada ishlatilgan,
sо‘ngra siydik kislotasini maqsadli darajasiga erishilgunga
qadar har 2-3 haftada kuniga 100 mg ga oshirilgan. Allo purinolning mumkin bо‘lgan maksimal dozalari samarasiz
bо‘lsa va/yoki ushbu preparat bilan bog‘liq nojо‘ya holat lar mavjud bо‘lsa, febuxostat kuniga 80 mg boshlang‘ich
dozada buyurildi, agar kerak bо‘lsa, kuniga 120 mg gacha
oshirildi. Bemorlarning terapiyaga rioya qilish darajas ini baholash uchun Morisky - Grin sо‘rovnomasi qо‘llanil gan. Natijalar: allopurinolni qabul qiluvchi podagra bilan
og‘rigan bemorlarda muntazam dori terapiyasiga rioya qil ish yuqori darajada 25%, о‘rtacha darajada - 40% va past
darajada 35%ni tashkil etdi. Febuxostatni qо‘llashda 50%
dan kо‘proq hollarda terapiyaga yuqori darajada rioya qil ish aniqlangan. Turmush tarzi о‘zgarishlariga yuqori dara jada yondoshish 30% holatlarda, о‘rtacha - 40%, past - 30%
va gipourikemik terapiyani korrektsiya qilishga tayyorlik
mos ravishda 38%, 45% va 17% ni tashkil etdi. Xulosa:
podagra bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish bо‘yicha tav siyalarga tо‘liq rioya qilish, bemorlarning dori-darmonlar
bilan davolashga va turmush tarzini о‘zgartirishga yuqori
darajada yondoshish imkonini beradi.