Abstract:
Ushbu uslubiy tavsiyanoma surunkali yiringli o‘rta otit (SYO‘O) bilan og‘rigan bemorlarni klinik, mikrobiologik va immunologik jihatdan kompleks baholash, kasallikning kechishi va asoratlarini aniqlash hamda davolash taktikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Tavsiyanomada SYO‘Oning etiologiyasi, patogenezi, klinik shakllari, mikroflora tarkibi, aerob va anaerob mikroorganizmlarning roli, antibiotiklarga sezuvchanlik va rezistentlik xususiyatlari, eshitish hamda vestibulyar funksiyalarning buzilishi yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida mikrobiologik tekshiruvni davolash taktikasini tanlashda qo‘llash, individual antibakterial terapiyani belgilash va sanatsiyalovchi eshitishni saqlovchi jarrohlik usullarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.