Abstract:
Uslubiy tavsiyanomada bolalarda halqum murtagi yallig‘lanish kasalliklarini, xususan, adenoiditni zamonaviy kompleks tashxislash masalalari yoritilgan. Tadqiqotda 7 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan 192 nafar bola tekshirilib, klinik-anamnestik, endoskopik, otoskopik, akustik impedansometriya, tonal audiometriya, bakteriologik va virusologik tekshiruvlar o‘tkazilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, adenoiditning klinik kechishida burun orqali nafas olishning qiyinlashuvi, yo‘tal va eshitish faoliyatining buzilishi muhim belgilar sifatida qayd etilgan. Mikrobiologik tekshiruvlarda virusli-bakterial va virusli etiologiya ustunligi aniqlangan. Uslubiy tavsiyanomada adenoiditni tashxislashda kompleks yondashuvdan foydalanish, etiologik omillarni aniqlash va natijalarga asoslangan differensial-diagnostik hamda davolash taktikasini tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.