Abstract:
Uslubiy tavsiyanoma bolalarda halqum murtagi yallig‘lanishi — surunkali adenoiditni tashxislash, kompleks davolash va davolash taktikasini individuallashtirishga bag‘ishlangan. Ishda surunkali adenoiditning klinik kechishi, burun orqali nafas olishning qiyinlashuvi, yo‘tal, eshitish qobiliyatining pasayishi, halqum murtagi gipertrofiyasi hamda ekssudativ o‘rta otit bilan bog‘liq holatlar yoritilgan. Tadqiqotda 192 nafar bola ishtirok etib, klinik, endoskopik, audiologik, bakteriologik va virusologik tekshiruvlardan foydalanilgan. Davolashda irrigatsion-eliminatsion terapiya, mahalliy antiseptiklar, etiologiyaga yo‘naltirilgan virusga qarshi va antibakterial preparatlar, shuningdek zarur hollarda fizioterapevtik hamda jarrohlik usullar qo‘llangan. Natijalarga ko‘ra, etiologik jihatdan differensiallashtirilgan kompleks davolash klinik simptomlarning tezroq regressiyasiga, burun orqali nafas olish va eshitish funksiyasining tiklanishiga hamda adenoidit residivlari chastotasining kamayishiga xizmat qilgan.