Abstract:
Ushbu uslubiy tavsiyanoma surunkali yiringli o‘rta otit (SYO‘O) bilan og‘rigan bemorlarni klinik, mikrobiologik va funksional jihatdan kompleks baholash, kasallikning kechishi, mikroflora tarkibi va antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash hamda davolash samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda SYO‘Oning turli klinik shakllarida mikroorganizmlar assotsiatsiyasi, stafilokokk florasining ustunligi, aerob va anaerob mikroorganizmlarning etiologik ahamiyati hamda antibakterial preparatlarga rezistentlik xususiyatlari o‘rganilgan. Eshitish funksiyasi va o‘rta quloqdagi destruktiv o‘zgarishlar baholanib, mikrobiologik tekshiruv natijalariga asoslangan individual antibakterial davolash hamda sanatsiyalovchi eshitishni saqlovchi jarrohlik yondashuvlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kompleks tekshiruv bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirish va davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan.