| dc.description.abstract |
Maqsad: Reyno sindromida periarterial distal simpatektomiyaning dastlabki natijalarini tahlil qilish. Material va usullar: Reyno fenomeni bilan ogrigan 12 nafar bemorda periarterial distal simpatektomiya natijalari
organildi. Barcha bemorlar 22-30 yoshdagi ayollar. Patologiya tashxislashda Reyno sindromining klinik belgilari, shuningdek stress testlari va instrumental tekshiruvlar — kapillyaroskopiya hamda ultratovushli dupleks
angioskanerlash natijalariga asoslandi. Barcha bemorlara
qol barmoqlari arteriyalarida bir tomonlama periarterial
simpatektomiya bajarildi (4 tasida chap, 8 tasida ong tomonda). Amaliyotga qadar barmoq arteriyalarida qon
oqimi tezligi, reografik indeks hamda toqimalarning kislorod bilan toyinganlik darajasi baholandi. Natijalar: barcha
holatlarda qolning surunkali ishemiyasi aniqlanib, u davriy
vazospazm va vazokonstriksiya, barmoqlarning sianotik
rangga kirishi hamda sezuvchanlikning pasayishi bilan
namoyon boldi. Ultratovushli dupleks angioskanerlash
natijalariga kora, qon oqimining chiziqli tezligi kamaygan
(barmoq arteriyalarida 9,7±1,8 sm/soniya; palmar yoyda 10,4±2,1 sm/soniya), toqimalarda kislorod kuchlanishi
pasaygan (barmoqlarda 58,5±7,5; qolda 65,5±9,5) hamda
reografik indeks kamaygan (0,4±0,3). Barcha bemorlarda
Lerish usuli boyicha periarterial simpatektomiya bajarildi.
Amaliyotdan keyingi davrda asoratlar kuzatilmadi. Operatsiya davomiyligi ortacha 85,5±10,5 daqiqa, statsionarda
davolanish muddati 5,5±0,5 kunni tashkil etdi. Operatsiyadan keyingi barvaqt davrda yaxshi gemodinamik samaradorlik kuzatilib, kasallikning klinik belgilari kamaydi,
qon oqimining chiziqli tezligi oshdi (barmoq arteriyalarida
15,8±2,1 sm/soniya, palmar yoyda 21,2±2,5 sm/soniya),
qol va barmoqlarda toqima perfuziyasi yaxshilandi hamda
reografik indeks 0,75±0,5 gacha oshdi. Xulosa: periarterial
distal simpatektomiya Reyno fenomenida qol va barmoqlarning ishemiyasini samarali bartaraf etadi. |
en_US |