DSpace Repository

ERTA OSTEOARTRITLI BEMORLARDA KOMORBIDLIK INDEKSINING AHAMIYATI

Show simple item record

dc.contributor.author Abdurazzakova D.S., Nabieva D.A., Matchanov S.X.
dc.date.accessioned 2026-10-29T06:35:24Z
dc.date.available 2026-10-29T06:35:24Z
dc.date.issued 2026
dc.identifier.issn 2181-7812
dc.identifier.uri http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5635
dc.description.abstract Maqsad: erta osteoartritli bemorlarda Charlson komorbidlik indeksining klinik va patogenetik ahamiyatini o‘rganish. Material va usullar: Tadqiqotga erta osteoartrit va bir yoki bir nechta qo’shma kasalliklarga chalingan 150 bemor kiritilgan. Tekshiruv 2023 va 2025 yillar oralig’ida o’tkazildi. Ishtirokchilarning yoshi 30 dan 60 yoshgacha bo’lib, o’rtacha yoshi 49,72±4,9 yoshni tashkil etdi. Natijalar: tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlarning 77,3% da o‘rtacha va yuqori darajadagi komorbidlik aniqlandi, bu esa erta osteoartritning ko‘p omilli va tizimli xarakterga ega ekanligini tasdiqlaydi. Komorbidlik darajasi oshishi bilan klinik ko‘rsatkichlar izchil ravishda yomonlashib bordi: og‘riq intensivligi (VAS) 38±8 dan 68±12 mm gacha, WOMAC indeksi 42±7 dan 72±11 ballgacha oshgan bo‘lsa, KOOS ko‘rsatkichi 78±6 dan 52±7 ballgacha pasaydi (barcha holatlarda p<0,001). Shuningdek, ertalabki karaxtlik davomiyligi va harakat cheklanishi ham komorbidlik darajasi ortishi bilan sezilarli ravishda kuchaydi. Laborator tahlillar komorbidlik darajasi bilan yallig‘lanish va tog‘ay degradatsiyasi markerlari o‘rtasida mustahkam bog‘liqlikni namoyon qildi. Xususan, SRO 4,2±1,1 dan 9,3±2,0 mg/l gacha, MMP-3 18±5 dan 34±9 ng/ml gacha, CTX-II 210±40 dan 370±70 ng/ml gacha va COMP 8,5±2,0 dan 17,9±3,5 ng/ml gacha oshgani qayd etildi (p<0,001). Olingan natijalar komorbidlikning yallig‘lanish jarayonlari va tog‘ay to‘qimasi degradatsiyasini kuchaytiruvchi muhim patogenetik omil ekanligini ko‘rsatdi. Xulosa: komorbidlik darajasi oshishi og‘riq sindromining kuchayishi, funksional holatning yomonlashishi, hayot sifati pasayishi hamda yallig‘lanish va tog‘ay degradatsiyasi markerlarining ortishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bu holat komorbidlikni erta osteoartritning klinik kechishi va progressiyasiga ta’sir etuvchi muhim patogenetik omil sifatida baholash imkonini beradi. en_US
dc.language.iso other en_US
dc.publisher O'zbekiston, Toshkent (O'zbekiston tibbiyot axborotnomasi) jurnal № 9 en_US
dc.relation.ispartofseries UO‘K:;616.72-002.77-06-07-036
dc.subject erta osteoartrit, komorbidlik, Charlson komorbidlik indeksi, og‘riq sindromi, hayot sifati. en_US
dc.title ERTA OSTEOARTRITLI BEMORLARDA KOMORBIDLIK INDEKSINING AHAMIYATI en_US
dc.type Article en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account