Abstract:
Tizimli qizil bo‘richa (TQB) - noma'lum etiologiyali tizimli avtoimmun kasalligi
bo‘lib, tananing turli organlari va tizimlariga ta'sir qiluvchi keng ko‘lamli klinik
ko‘rinishlar bilan tavsiflanadi. TQB uchun noqulay prognostik omillar yurak,
buyraklar, markaziy asab tizimining shikastlanishi, gematologik krizlarning
rivojlanishi va ikkilamchi antifosfolipid sindromi hisoblanadi.